Artemis II: odamlar Yerdan hech qachon bunchalik uzoqlashmagan
10-aprel kuni Artemis II ekipaji yarim asrdan keyingi birinchi Oy safaridan qaytdi.

Rasm: Virtual laboratoriya (3D tasvir)
Artemis II 1 aprel kuni Floridadagi Kennedi kosmik markazidan uchirildi. Ekipajda NASA astronavtlari Rid Vayzman (komandir), Viktor Glover (uchuvchi), Kristina Kox va Kanada kosmik agentligidan Jeremi Xansen bor edi. Bu 1972 yildagi Apollon-17 dan beri odamlarning Oyga birinchi safari.
6 aprel kuni kema Oyning orqa tomonini aylanib o'tdi va Yerdan eng uzoq nuqtaga — 406 771 kilometrga yetdi. Avvalgi rekord 1970 yilda Apollon-13 ekipajiga tegishli edi (400 171 km). Astronavtlar Oyning orqa tomonidagi inson ko'zi hech qachon ko'rmagan hududlarni kuzatdi, Oy ufqidan Yer botishini va kosmosdan to'liq Quyosh tutilishini suratga oldi.
Parvoz «erkin qaytish» traektoriyasi bo'yicha bajarildi: Oyning tortishishi kemani o'zi burib, Yer tomon qaytarib yuboradi. Bu yo'l Apollon-13 ekipajini 1970 yilda halokatdan qutqargan edi. Shu tufayli dvigatel ishlamay qolgan taqdirda ham kema uyga qaytishi mumkin.
Qaytishda Orion atmosferaga sekundiga taxminan 11 kilometr — soatiga 39 600 kilometr tezlikda kirdi. Issiqlik qalqoni ming darajalab qizidi, parashyutlar esa tezlikni soatiga 30 kilometrgacha kamaytirdi. 10 aprel kuni kema San-Diyego yaqinida Tinch okeaniga qo'ndi. Endi NASA 2028 yilda Artemis III bilan astronavtlarni Oy sirtiga tushirishni rejalashtirmoqda.
Laboratoriyada sinab ko'ringSun'iy yo'ldoshSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashishManbalar: ScienceAlert · AP / OPB