Webb galaktikasidan oldin paydo bo'lgan qora tuynukni topdi
Natijalar 2026 yil 27 mayda Nature va Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnallarida chop etildi. Tadqiqotni Kembrij universiteti olimlari boshqargan.

Rasm: Virtual laboratoriya (3D tasvir)
Webb erta koinotda «kichik qizil nuqtalar» deb atalgan yuzlab mitti, qizg'ish obyektlarni topgan. Ularning tabiati uzoq bahs bo'ldi. Abell2744-QSO1 shunday nuqtalardan biri: kengligi atigi 1300 yorug'lik yili, qizil siljishi z = 7. Uning nuri koinot hozirgi yoshining 5 foizida yo'lga chiqqan.
Bu obyektni o'rganish osonroq, chunki oldidagi Abell 2744 galaktikalar to'dasi gravitatsion linza vazifasini bajaradi: nurni kattalashtiradi va obyektni osmonda uch joyda ko'rsatadi. Olimlar Webb'ning NIRSpec spektrografidagi maxsus rejim bilan obyektning har bir nuqtasidagi gaz tezligini o'lchab, tezliklar xaritasini tuzdi.
Gaz markaz atrofida xuddi sayyoralar Quyosh atrofida aylangandek — Kepler qonuni bo'yicha aylanmoqda. Markazdan uzoqlashgan sari tezlik kamayadi. Bu deyarli butun massa markazdagi bitta nuqtada to'planganini bildiradi. Kepler qonunidan qora tuynuk massasi topildi: 50 million Quyosh massasi. Ilgari erta koinotdagi qora tuynuklar faqat bilvosita, yaqin galaktikalardan olingan taxminlar bilan «tortilardi».
Gaz deyarli faqat vodorod va geliydan iborat, og'ir elementlar Quyoshdagidan 0,5 foizdan ham kam. Demak, bu yerda yulduzlar deyarli yonmagan. Qora tuynuk yulduz portlashidan sekin o'smagan, balki boshidanoq ulkan bo'lgan. U Katta portlashning birinchi soniyasida paydo bo'lgan birlamchi qora tuynuk yoki ulkan gaz buluti to'g'ridan-to'g'ri qulashidan hosil bo'lgan bo'lishi mumkin. Kembrijlik Roberto Mayolino: «Bu paradigmaning o'zgarishi, qora tuynuklar qanday paydo bo'lishi va o'sishi haqidagi klassik tasavvurlarni butunlay qayta ko'rib chiqish», deydi.
Laboratoriyada sinab ko'ringMarkazga intilma kuchSaytdagi 3D laboratoriya →Telegramda ulashish